USAID “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda koʻmaklashadi

16:52 16 Avgust 2023 Jamiyat
1049 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga tashrifi davomida AQSH Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) administrator yordamchisi Isobel Koulman bilan uchrashdi.

Vashingtonda boʻlib oʻtgan muloqotda AQSH – Oʻzbekiston hamkorligi, jumladan, IT sohasini qoʻllab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va Oʻzbekistonda xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.  

Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.  

Mazkur hujjat doirasida USAID Oʻzbekiston hukumati bilan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni IT sohasiga jalb qilish boʻyicha hamkorlik qiladi. Shuningdek, texnik maktablarni bogʻlash orqali mamlakatda IT va kommunikatsiya sohalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi. Xususiy sektorning oʻsishiga yordam beradi va IT bilan bogʻliq boshqa tashabbuslarni, ilgʻor tajribalarni ommalashtirishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер