Urgutda uyida minglab giyohvandlik oʻsimliklarini ekkan fuqarolar qoʻlga tushdi

13:17 08 Avgust 2025 Jamiyat
197 0

Samarqand viloyati Urgut tumanida xonadonlarida “nasha ferma”larini tashkil etgan 5 nafar fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 4-avgust kuni Urgut tumanida 1093 tup giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelgan 5 nafar fuqaro qoʻlga olindi.

Bunda 48 yoshli fuqaroning uyida 12 tup, 41 fuqaroning hovlisida 66 tup, 53 yoshli fuqaroning ekinlari orasida 86 tup, 43 yoshli shaxsning yashash xonadonida 229 tup, 45 yoshli fuqaroning dala tomorqasida esa 700 tup giyohvandlik oʻsimliklari yetishtirilayotgani aniqlangan. Mazkur taqiqlangan oʻsimliklar tegishli tartibda, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur vaziyatlar yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Jinoyat kodeksining ushbu moddasi taqiqlangan ekinlarni yetishtirish bilan bogʻliq boʻlib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari, shuningdek, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?