Ular buyruqni bajargan – Kudbiyev Olmaliqdagi holatda 11 nafar soliqchi ishdan olinganini aytdi

17:25 24 May 2021 Jamiyat
1720 0

Xabaringiz bor, avvalroq, uch nafar soliq inspektori Olmaliqda sotuvchi ayollarning buyumlarini zoʻrlik bilan olib qoʻygani haqida xabar bergan edik.

Bugun “Toshkent besh tashabbus” harakati doirasida boʻlib oʻtayotgan ochiq muloqotda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev yana bir bor munosabat bildirdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA xabar berdi.

«Olmaliqda boʻlgan holat mutlaqo notoʻgʻri holat. Bizga toʻgʻri kelmaydigan holat. Lekin Oʻsha yerdagi mavjud holatdan orqasidan 11 nafar soliqchi ishdan ketdi. Chunki bularni chora koʻrish uslubi xato edi. Lekin bular topshiriqni bajargan, birinchidan. Ikkinchidan oʻsha yoyma sotish savdo qoidalariga zid. 

Men nima uchun ularni ishdan olib tashladim?! Ular ayol kishi bilan bunaqa tutishi mumkin emas. Ikkinchidan, kuch ishlatishga haqqi yoʻq soha», dedi Kudbiyev. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер