“Ukraina haqida Ukrainasiz gapirish mumkin emas” — Zelenskiy Alyaska sammiti natijalarini tan olmasligini bildirdi
Foto: AP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taʼkidlashicha, mamlakat hukumati Rossiya va AQSH prezidentlari oʻrtasida Alyaskada boʻlib oʻtadigan sammitda Ukraina ishtirokisiz qabul qilingan qarorlarni tan olmaydi. Bu haqda u TASS agentligi orqali maʼlum qildi.
— Ukraina haqida Ukrainasiz gapirish mumkin emas va bunga hech kim rozi boʻlmaydi. Bu suhbat ularning ikki tomonlama munosabatlari uchun muhim boʻlishi mumkin, lekin Ukraina haqida bizni ishtirokimizsiz qaror qabul qila olmaydilar. AQSH prezidenti buni tushunishi va hisobga olishiga ishonaman, — dedi Zelenskiy “Yoshlar bu yerda” forumida.
Maʼlumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp 15-avgust kuni Alyaskada uchrashadi. Sammitda asosiy eʼtibor Rossiya–Ukraina urushiga doir uzoq muddatli tinchlikka erishish yoʻllarini muhokama qilishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring