Uchkoʻprikdagi muhtasham madaniyat koshonasi 30 ming aholiga xizmat koʻrsatadi
Navroʻz bayrami arafasida Uchkoʻprik tumanida zamonaviy madaniyat koshonasi foydalanishga topshirildi.
Markazda qariyb 2,5 milliard soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari olib borilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish va yoshlarning ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. 30 ming aholiga xizmat koʻrsatuvchi markazda 300 oʻrinli tomosha zali, oʻlkashunoslik muzeyi, kutubxona, 15 ta toʻgarak, maʼnaviyat va mashgʻulot xonalari faoliyat koʻrsatadi.
Shuningdek, markazda “Tanovar” ashula va raqs xalq ansambli, “Hangoma” kulgu xalq teatri, yosh askiyachilar maktabi, folklor-etnografik jamoalar faoliyat olib borishi uchun ham barcha qulayliklar muhayyo etildi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring