Uch kun Boʻstonliqqa eltuvchi avtomobil yoʻlida harakat cheklanadi
Joriy yilning 6-7-8-may kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan Bektemir – Chirchiq – Gʻazalkent – Chorbogʻ avtomobil yoʻlida maʼlum vaqtlarda transport harakati cheklanadi. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining maʼlum qilishicha:
6-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chorbogʻ avtomobil yoʻlining 34-54 kilometrlari oraligʻi;
7-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Toshkent – Chorbogʻ – Chimyon avtomobil yoʻlining 34-71 kilometrlari oraligʻi;
8-may kuni soat 9:00dan 14:00ga qadar Chirchiq shahri – Chirchiq Olimpiya zahiralari kolleji avtomobil yoʻlida transport harakati cheklanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring