Uch hududda qiymati yarim mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan elektr oʻgʻirlandi
Samarqand va Xorazm viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Jomboy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.B.” fermer xoʻjaligi rahbari I.X. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 243,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Shovot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.O.” fermer xoʻjaligi rahbari N.B. tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 205,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentining Urganch shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.S.” MCHJ rahbari S.X. savdo doʻkonida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 102 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring