Uch hududda mansabdor shaxslarning yer bilan bogʻliq jinoyatlari fosh boʻldi
Namangan, Andijon va Qoraqalpogʻistonda bir qator mansabdor shaxslarning yer bilan bogʻliq noqonuniy harakatlari fosh boʻldi. Bu haqda DXX xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani hokimining oʻrinbosari Taxiatosh tumanida faoliyat olib borayotgan qizilmiya ildizlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbariga qizilmiya ildizini yetishtirishi uchun Beruniy tumani hududidan 150 gektar yer maydoni ajratib berish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Namangan viloyatida qayd etilgan holatda, Kosonsoy tumanidagi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari mazkur xoʻjalikning 24 gektar yer maydonini mansabdor tanishi orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 240 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, uning mansabdor tanishi hisoblangan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni rivojlantirish agentligi” davlat muassasasining Kosonsoy tuman loyiha ofisi bosh mutaxassisi yuqoridagi yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs Andijon tumanidagi paxta va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalik rahbari tomonidan 6 sotix yer maydoniga noqonuniy qurilgan bino va inshootlar boʻyicha hisoblanishi kerak boʻlgan zararni kamaytirib xulosa berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqand viloyatida Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining bosh mutaxassisi pora olayotgan vaqtida qoʻlga tushgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring