Uch hududda 450 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” hamda “svet” talon-toroj qilindi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.M. “Yangiobod” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 199,8 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “N.B.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 136,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, departamentning Urganch tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.A. “Yangiobod” MFY hududidagi binoda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 115,6 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring