U-20 Osiyo kubogi. Oʻzbekiston Eronga magʻlub boʻldi va ikkinchi oʻrin bilan chorak finalga yoʻl oldi

Foto: OʻFA
Bugun, 19-fevral kuni Xitoyning Shinjen shahrida futbol boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo kubogi guruh bosqichining soʻnggi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi eronlik futbolchilarga qarshi saf tortdi.
Oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlim teng kurashlar ostida boshlangan boʻlsada, 51-daqiqaga kelib futbolchilarimizning xatosidan unumli foydalangan raqiblar hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi. 66-daqiqaga kelib darvozamiz tomon penalti belgilandi hamda eronliklar hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirishdi.
Shundan soʻng, zaxiradan maydonga tushirilgan Muhammadali Oʻrinboyev oʻzining dastlabki urinishidayoq Eron darvozasini ishgʻol etib, hisobni qisqartirdi.
Qolgan vaqt hamyurtlarimiz ustunligida oʻtgan boʻlsada, futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga yoʻl topa olishmadi. Oʻyin 1:2 hisobida Eron terma jamoasi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Eron terma jamoasi 9 ochko bilan “C” guruhining birinchi pogʻonasini egallagan boʻlsa, Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ochko bilan ikkinchi oʻrinda chorak finaliga yoʻl oladigan boʻldi.
Endi vakillarimiz “D” guruhida birinchi oʻrinni egallagan jamoa bilan chorak finalda toʻqnash kelishadi. Bu katta ehtimol bilan Yaponiya yoki Janubiy Koreya terma jamoasi boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring