Turkiyada giyohvandlik vositalarini saqlashda gumonlanib, 2024-yildan buyon hibsda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi ozod qilindi
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiya Respublikasi Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdi. Bu haqida konsulxonaning rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Unda aytilishicha, tashrif davomida hibsda saqlanayotgan bir qator Oʻzbekiston fuqarolari bilan konsullik uchrashuvlari oʻtkazilib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi hamda keyinchalik sud jarayonlarida ularni himoya qilayotgan advokatlar bilan ham alohida huquqiy maslahatlashuvlar amalga oshirilgan.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024-yildan buyon Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan Oʻzbekiston fuqarosi F.A., joriy yilning 30-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi sud majlisi qaroriga asosan sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, noqonuniy narkotik moddalarni olib kirishda ayblanib, Turkiya jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan Oʻzbekiston fuqarosi ham ozod qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring