Turkiya chempionati. “Istanbul Bashakshehir” dastlabki gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Kecha, 17-sentyabr kuni Turkiya Superligasining 1-turidan qoldirilgan (kechiktirilgan) oʻyin boʻlib oʻtdi. Unda “Istanbul Bashakshehir” klubi hamshahari “Fotix Karagumruk” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. 27-daqiqada oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov himoyachilarni aldab oʻtib chiroyli gol kiritgandi. Biroq VAR vaziyatni koʻrib chiqqanidan soʻng dastlabki toʻp uzatmasida oʻyindan tashqari holat borligi qayd etildi va gol inobatga olinmadi.
65-daqiqada Eldor Shomurodovning uzatmasidan soʻng, Ivan Brnich uchrashuvda hisobni ochdi. Oradan 4 daqiqa oʻtib, “Fotix Karagumruk” himoyachisi Anil Yigit Chinar oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Uchrashuvda hisob boshqa oʻzgarmadi.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali “Bashakshehir” darvozaboni Muhammad Sengezerni bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topdi va uning oʻyinini 7,5 ballga baholadi. Oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga chiqqan “Bashakshehir” futbolchilari orasidagi eng past bahoga loyiq koʻrildi. Portal Oʻzbekiston terma jamoasi sardoriga 6,3 ball qoʻydi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” keyingi oʻyinini 21-sentyabr kuni “Alanyaspor” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring