Turkiston xonliklari davriga oid tarixiy shaxslarning siymolari yaratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida “O‘zbek xonliklari davri” ekspozitsiyasi ham mavjud bo‘lib, loyihalar doirasida Turkiston xonliklari davrida yashagan tarixiy shaxslarning siymolari qayta tiklanishi rejalashtirilgan.
XVI-XIX asrlarda mamlakatimiz turli hududlarini boshqargan Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Mang‘itlar (Buxoro) sulolalari, Xiva va Qo‘qon xonliklari davrida hukmronlik qilgan shaxslar orasida ilm-madaniyatga homiylik qilgan hukmdorlar, yetuk tarixchi olimlar va adabiyot vakillari yetishib chiqqan. Tarixiy manbalarda ularning aksariyatining aniq siymolari mavjud emasligi sababli bu shaxslarning haqiqiy qiyofalarini tasavvur qilish qiyin.
Islom sivilizatsiyasi markazida bir guruh olimlar, soha mutaxassislari Turkiston xonliklari davriga oid shaxslarning portretlarini qayta yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu jarayonda ilmiy manbalar, tasviriy san’at asarlari va mavjud tarixiy ma’lumotlar asosida siymolar qayta tiklanadi.
Loyiha doirasida portretlarning yaratilishi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ushbu loyiha nafaqat tarixiy shaxslarning qiyofasini qayta tiklash, balki yosh avlodga milliy tarix haqida batafsil tasavvur berishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Nilufar ESHMAMATOVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring