Trampning muxlisi sifatida tanilgan siyosatchi prezidentlik saylovining birinchi bosqichida gʻalaba qozondi

12:06 05 May 2025 Dunyo
125 0

Ruminiyada oʻtkazilgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichida AQSH prezidenti Donald Tramp tarafdori sifatida tanilgan Jorj Simion katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Bu haqda “France 24” nashri xabar berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ovozlarning 99 foizi sanab chiqilgan paytda u 40 foiz bilan barcha nomzodlarni ortda qoldirdi. Ikkinchi oʻrinda Buxarest shahar hokimi, Yevropaga integratsiya tarafdori Nikusor Dan (20,9 foiz), uchinchi oʻrinda esa hukumat koalitsiyasidan nomzod Krin Antonesku (20,3 foiz) qayd etildi.

Simion — “Ruminiya Birligi Alyansi” yetakchisi — oʻz gʻalabasini “tarixiy voqea” sifatida baholadi va mamlakatda konstitutsiyaviy tartibni tiklashga bel bogʻlaganini taʼkidladi. Unga koʻra, “rumin xalqiga tortib olingan huquq va imkoniyatlarni qaytarish” – yagona maqsaddir.

Mazkur saylov Ruminiyada siyosiy inqirozdan keyin tashkil etilgan qayta saylov hisoblanadi. Ilgari oʻtkazilgan saylovlar Rossiyaning aralashuvi va “TikTok” orqali buzgʻunchilik harakatlari bilan bogʻliq deb eʼtirof etilib, bekor qilingan edi. Ayni paytda 38 yoshli Simion, Rossiyani tanqid qilgan holda, Ukrainaga harbiy yordam berishga qarshi ekanini ham bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?