Tramp Eronga zarba berish bilan tahdid qildi, Xomanaiy uni oʻz davlati ishlari bilan shugʻullanishga chaqirdi

15:49 09 Yanvar 2026 Dunyo
741 0

Illyustrativ foto

Agar Erondagi tartibsizliklar paytida biron bir namoyishchi oʻldirilsa, AQSH Eronga zarba beradi. AQSH prezidenti Donald Tramp bu tahdidni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

“Men aytdimki, agar ular buni qilsalar, biz ularga juda qattiq zarba beramiz. Biz bunga tayyormiz”, — dedi Tramp. U mamlakatdagi voqealarni kuzatib borayotganini va qurolsiz odamlarga qarata oʻt ochishni qabul qilib boʻlmaydigan deb bilishini taʼkidladi. Shu oʻrinda AQSH prezidenti Vashington Tehronni oqibatlari haqida ogohlantirganini qoʻshimcha qildi.

“Men ularga aytdimki, agar ular bu odamlarga yomonlik qilsalar, biz ularga juda qattiq zarba beramiz”, — deya qoʻshimcha qildi Oq uy rahbari.

Bundan tashqari, Tramp zarur boʻlganda Eron xalqiga yordam berishga tayyorligini bir necha bor bildirganini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Trampni oʻz mamlakati ishlari bilan shugʻullanishga chaqirdi.

“Agar u qodir boʻlsa, oʻz mamlakatini boshqarish bilan shugʻullansin”, — dedi Xomanaiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер