Tojikiston–Afgʻoniston chegarasida otishma. Qurbonlar borligi aytilmoqda
Foto: AFP
Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afgʻonistonning Badaxshon viloyati Shahri Buzurg tumani oʻrtasida joylashgan Dovang qishlogʻida otishma sodir boʻldi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa oltin qazib olish hududida, xorijiy, jumladan, xitoylik kompaniyalar faoliyat yuritadigan yerda sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mojaro Panj (Amudaryo) daryosining yoʻnalishi oʻzgarishi ortidan kelib chiqqan. Mazkur daryo ikki davlat orasidagi tabiiy chegara hisoblanadi va bu masala ilgari ham taraflar oʻrtasida bahslarga sabab boʻlgan.
Manbalarning taʼkidlashicha, otishma oqibatida qurbonlar bor, ammo halok boʻlgan va jarohat olganlar soni aniq emas. Qaysi tomonda yoʻqotishlar borligi ham maʼlum qilinmagan.
Tojikiston rasmiylari ham “Tolibon” harakati ham hodisa yuzasidan hozircha izoh bermagan. Jurnalistlarning Tojikiston chegara qoʻshinlaridan munosabat olish urinishlari samarasiz yakunlangan.
Nashr maʼlumotiga koʻra, otishmadan keyin “Tolibon” vakillari Badaxshonning yangi gubernatori Ismoil Gʻaznaviy bilan yigʻilish oʻtkazib, chegaradagi vaziyatni muhokama qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring