Solovyovning bayonotlari sabab Rossiyaning Armanistondagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Rossiyaning Yerevandagi elchisi Sergey Kopirkin televideniye boshlovchisi Vladimir Solovyovning bayonotlari munosabati bilan Armaniston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda NEWS.am xabar bermoqda.
Unga davlat telekanalida efirga uzatilgan dastur davomida aytilgan bayonotlar sabab chuqur norozilik ifodalangan rasmiy nota topshirildi. Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu bayonotlar Armaniston Respublikasining suverenitetiga nisbatan mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan tajovuz sifatida baholangan, dushmanona xarakterga ega ekani va Armaniston hamda Rossiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning asosiy tamoyillarini qoʻpol ravishda buzishi qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Vladimir Solovyov “Solovyov Live” koʻrsatuvida Rossiya Federatsiyasining “taʼsir doirasi” haqida gapirib, Armaniston hamda Markaziy Osiyo davlatlarini tilga olgan edi.
“Biz hozir Suriya yoki Venesuela bilan emas, oʻz pozitsiyalarimizni yoʻqotmaslik bilan shugʻullanishimiz kerak. Ammo biz uchun eng muhimi — qoʻshni davlatlarning taqdiri. Armanistonda nima boʻlayotgani biz uchun Venesueladagi voqealardan koʻra ancha ogʻriqli. Armanistonni yoʻqotish — mana bu ulkan muammo. Osiyoda, yaʼni Oʻrta Osiyoda, uni Markaziy Osiyo deb atashadi, yuzaga kelayotgan holat ham biz uchun juda katta muammoga aylanishi mumkin. Biz maqsad va vazifalarimizni juda aniq belgilab olishimiz shart. Biz ochiq-oydin aytishimiz kerak: “Oʻyinlar tugadi”. Xalqaro huquqni ham, xalqaro tartibni ham inobatga olmasak boʻladi. Agar milliy xavfsizligimiz uchun Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani boshlash zarur boʻlgan boʻlsa, xuddi shu asoslarda nima uchun taʼsir doiramizning boshqa nuqtalarda ham shunday operatsiyalarni boshlay olmasligimiz kerak? Balki biz milliy doktrinamizni shakllantirib, oʻz taʼsir doiramiz qayergacha ekanini ochiq aytishimiz kerakdir. Shunda hamma narsa oydinlashadi”, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- “Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi binolarining qurilishini koʻzdan kechirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring