Toshloqda eksperiment sifatida klaster korxonasi rahbari hokim boʻldi
Bugun, Fargʻona viloyati xalq deputatlari Toshloq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.
Mamlakatimizda ilk bor “Expo Kollor Prin Teks” paxta-toʻqimachilik klasteri rahbari Abduqahhor Joʻraboyev eksperiment sifatida Toshloq tumanining hokimi etib tayinlandi.
Bugun Prezident ishtirokida boʻlib oʻtgan viloyat faollar yigʻilishida faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshligʻini vazifasidan ozod etish boʻyicha koʻrsatma berildi. “Tadbirkor-islohotchi” gʻoyasi asosida hududning ijtimoiy-ijtimoiy rivojlanishida ularning oʻrni muhim boʻlishi xususida aniq vazifalar belgilab olindi.
3-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektorda kambagʻallik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Fargʻona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan oʻtkazilishi belgilangandi.
Shuhratjon Abdusalomov 2018-yil martidan buyon Toshloq tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
OʻzA
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring