Toshkentlik maktab oʻquvchisi 68ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabining 11 “V” - sinf oʻquvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning oltmish sakkizta (!) oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Eʼtiborlisi, Saidkarim Tursunboyev eng yuqori ball toʻplab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylangan.
Bitiruvchi Saidkarim Tursunboyev imtihon topshirgan oliy taʼlim muassasalari orasida AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.
Avvalroq Toshkentdagi yana bir maktab oʻquvchisi muddatidan avval bir yoʻla 13 ta xalqaro universitet talabasi boʻlgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring