Toshkentdagi ayrim avtobus yoʻnalishlari oʻzgardi
Toshkent shahridagi 6 ta avtobus yoʻnalishida harakat vaqtinchalik bir tomonlama oʻzgartiriladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bektemir yoʻli va Katta halqa yoʻli koʻchalari kesishgan chorrahada yoʻl inshootini qurish ishlari doirasida Katta halqa yoʻlidagi ortga qayrilib olish manzili koʻchirilgan. Shu munosabat bilan ushbu manzil orqali harakatlanuvchi:
• 93, 117, 128, 130-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Katta halqa yoʻli va Furqat koʻchalari kesishmasidan ortga qayrilib olish orqali tashkil etiladi;
• 39, 110-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati Katta halqa yoʻli, Furqat va Bektemir yoʻli koʻchalari orqali vaqtinchalik bir tomonlama oʻzgartiriladi.

“Ushbu manzillarda qurilish ishlari olib borilayotgani sababli, yoʻnalishlardagi avtobuslar oraliq interval vaqti rejadagidan ortishi holatlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud”, deyiladi .
Qoʻshimcha qilinishicha, koʻchalarda transport tirbandliklari ortishi va yoʻllardagi cheklovlar natijasida yoʻnalishlar harakatiga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring