Toshkentda jamoat joyida janjal koʻtargan 5 kishiga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda koʻchada bir nechta shaxslar oʻzaro janjallashganligi aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 27-avgust kuni Yakkasaroy tumani, Termiziy koʻchasida, 1997-yilda tugʻilgan S.A. va 1998-yilda tugʻilgan A.E. Tracker rusumli avtomashinada oʻtib ketayotgan vaqtida fuqarolar: 2003-yilda tugʻilgan S.R., 2005-yilda tugʻilgan R.G., 2005-yilda tugʻilgan B.X.lar bilan oʻzaro tortishib qolgan.
Shundan soʻng, fuqaro A.E. taxta boʻlagini koʻtarib, baqir-chaqir qilgan va ushbu fuqarolar jamoat joyida boʻla turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan. Soʻngra A.E. va S.A. avtomashinaga oʻtirib, hodisa joyidan ketib qolgan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring