Toshkentda “zakladchik”lar qoʻlga tushdi
Toshkentda “zakladka” usulida giyohvandlik moddalarini tarqatayotgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-iyul kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida Chilonzor tumanidagi tungi klub qoʻriqchisi 1997-yilda tugʻilgan shaxs toʻxtatilib tekshirilganda, uning yonidan 37 dona oʻramda 26 gramm mifidron giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbir davomida ushbu shaxs tomonidan tumanda joylashgan koʻpqavatli uylardan birining kirish yoʻlagiga “zakladka” usulida yashirilgan 11 gramm hamda uning boshqaruvidagi Lacetti avtomashina salonida 3 gramm mifidron giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar hujjatlashtirilib olingan. Oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jami 40 gramm mifidron moddasi olingan.
Shu kabi boshqa bir holatda esa joriy yilning 21-iyul kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida 2004-yilda tugʻilgan fuqaro toʻxtatilib tekshirilganda uning yonidan 30 dona oʻramda 60 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvchi shaxslar bilan aloqada boʻlib, “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgan 3 nafar shaxs qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring