Toshkentda yoshlar milliy kinofestivali oʻtkaziladi
2021-yil 21 — 28-dekabr kunlari Yangi yil bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” studiyasi tomonidan “Debyut — 2021” yoshlar milliy kinofestivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unda yil davomida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara qisqa metrajli filmlar tanlab olinib, gʻoliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bir hafta davom etadigan milliy festivalda shuningdek, mahorat darslari, turli janrdagi qisqa metrajli filmlarning taqdimoti, yoshlar uchun shou-konsertlar tashkil etiladi.
Kinofestival “Milliy kinematografiya — Yangi Oʻzbekistonning timsoli” kinooyligi doirasida oʻtkazilayotgan boʻlib, kinooylik 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring