Toshkentda qoʻshma korxona hududida joylashgan omborxona yonib ketdi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning18-mart kuni soat 20:45 da Toshkent shahar Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan «Oriyent logistik sentr» qoʻshma korxonasi hududida joylashgan motor moy mahsulotlari (bochkalarda) omborida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji, 3 ta maxsus va 2 ta yordamchi texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:49 da qurshab olingan va 19-mart, soat 03:30 da bartaraf etilgan.
Yongʻin oqibatida omborxonaning taxminan 2000 kv.m maydonida moy mahsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring