Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarib, sotuvga chiqarganlar ushlandi

Videodan kadr
Toshkent shahrida noqonuniy sexda ishlab chiqarilgan qalbaki dori vositalari dorixonalar orqali sotuvga chiqarilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJga tegishli manzilda tashkil etilgan yashirin sexda qonunga xilof tarzda qalbaki dori vositalari tayyorlanishi va shahar dorixonalari orqali sotilishi maʼlum boʻlgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzildan jami 11 dona dori ishlab chiqarish stanogi, 21 dona dori tayyorlashda kerak boʻladigan qolip hamda umumiy ogʻirligi 389 kg boʻlgan kukun va tabletkalar, “Raikal” nomli pnevmatik qurol va boshqa narsalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, MCHJga tegishli ikkinchi manzilda ham yashirin sex mavjud boʻlib, undan dori vositalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan qolip va uskunalar, boʻsh dori kapsulalari, qutilari, yoʻriqnomalar, kukun koʻrinishidagi xom-ashyolar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” DM ekspertiza xulosasiga koʻra, yashirin sexda “Ursosan 250 mg”, “Neyromidin 20 mg”, “Fanigan” dori vositalari qalbakilashtirilgan.
Tadbir mantiqiy davom ettirilib, mazkur sexda ishlab chiqarilayotgan dorilarni sotish bilan shugʻullanuvchi va “Fanigan” dori vositasini qalbakilashtirish boʻyicha buyurtma berib, 130 kg ushbu dorining substansiyalarini keltirib bergan shaxsning dorixonasi ham koʻzdan kechirilgan.
Natijada ushbu dorixonadan “Fanigan”, “Azimak”, “Siprolet” kabi 15 turdagi 1 067 quti qalbaki hamda 14 turdagi 274 quti yaroqlilik muddati oʻtgan dorilar aniqlangan.
Hozirda noqonuniy sex tashkilotchilarining 3 nafariga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) 2-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring