Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi

10-oktyabr kuni FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasi oʻz maydonida Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri — Eron terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsini oʻtkazdi.
Maʼlumki, Rossiya UEFA musobaqalaridan chetlatilgandan soʻng, xalqaro pauza davomida asosan Osiyo terma jamoalari bilan bellashib kelmoqda. Oʻtgan yillarda rossiyaliklar Oʻzbekiston, Tojikiston, Iroq, Qatar, Iordaniya, Suriya va boshqa jamoalarga qarshi maydonga tushgan.
Bu galgi raqib — Eron termasi — Osiyo qitʼasidagi yetakchi jamoalardan biri boʻlgani sababli oʻyin katta qiziqish uygʻotdi. “Volgograd Arena” tribunalariga 45 mingga yaqin muxlis yigʻildi.
Bellashuv keskin kurashlarga boy oʻtdi va maydon egalari foydasiga yakunlandi. Rossiya jamoasi tarkibidan Aleksey Batrakov hamda Dmitriy Vorobyov gʻalaba gollariga mualliflik qildi. Eronning yagona javob golini esa Odil Hamrobekovning klubdoshi Amirhusayn Husaynzoda kiritdi.
Shu tariqa Rossiya terma jamoasi Osiyo grandlaridan biri ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Maʼlumot uchun, Rossiya termasi oktyabr oyidagi ikkinchi oʻrtoqlik bahsini 14-oktyabr kuni Boliviyaga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring