Toshkentda Oʻzbekiston—Germaniya ishbilarmonlar kengashi 8-majlisi boʻlib oʻtdi
Toshkent shahrida Oʻzbekiston—Germaniya ishbilarmonlar kengashi 8-majlisi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi prezidiumi aʼzosi Manfred Grundke hamraisligida oʻtgan majlisda Davlatlarimiz Rahbarlarining uzoqni koʻzlab olib borayotgan siyosatlari tufayli bugun Oʻzbekiston—Germaniya munosabatlari strategik hamkorlikning mutlaqo yangi darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.

Germaniya ishbilarmon doiralari bilan “yashil” energetika, raqamlashtirish, inson va mehnat resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, elektrotexnika hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring