Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

12:15 17 May 2025 Jamiyat
259 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.S.” MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.

Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.

Mazkur mahsulotlarning asl manbasini aniqlash maqsadida olib borilgan tergov harakatlari davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan noturar joyda uch nafar fuqaro inson salomatligiga xavf tugʻdiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyat yuritayotgani maʼlum boʻldi.

Ushbu sexdan qiymati 500 million soʻmga teng boʻlgan 2 mingdan ortiq elektron tamaki suyuqliklari, kimyoviy moddalarga toʻla idishlar, elektron tamaki yorliqlari, tarozilar, turli uskunalar va boshqa materiallar daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 186-1-moddasi (tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquq-tartibot organlari fuqarolardan bunday noqonuniy faoliyatga qarshi hushyorlik bilan yondashishlarini soʻrab, xavfsizlik choralari doirasida nazoratni kuchaytiryapti.

Nodira Rahimova,

OʻzJOKU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?