Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalida ishtirok etdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Dohada oʻtkazilayotgan kino festivalida ishtirok etdi. Bu haqda u oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Saida Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, Dohadagi kino festivali mustaqil va mualliflik kinokartinalari namoyish etiladigan muhim xalqaro maydonlardan biri hisoblanadi. Uning fikricha, mazkur festival oʻziga xos koʻp qirrali qarashlar va dadil badiiy pozitsiyaga ega rejissyorlarga oʻz gʻoyalarini erkin ifoda etish imkonini beradi.
Festival dasturiga oʻnlab mamlakatlardan filmlar kiritilgan boʻlib, yosh mualliflar hamda mahalliy kinoijodkorlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Ular uchun maxsus boʻlimlar, tanlov dasturlari va ijodiy imkoniyatlar taqdim etilgan.
“Bugun Qatar poytaxtining diqqatga sazovor madaniy maskanlarida boʻlib oʻtayotgan ushbu festivalga tashrif buyurdim. Zamonaviy kino — dolzarb kayfiyat va maʼnolarni aks ettirish, ayni paytda jamiyatimizni qanday mavzular tashvishga solayotganini tushunish usulidir”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring