Alisher Qodirov havoning ifloslanishini hukumat bilan bogʻlamaslikka chaqirdi
“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkent va boshqa shaharlarda havo sifatining yomonlashuvi hukumat harakatlari bilan bogʻliq degan daʼvolarga munosabat bildirdi.
Oʻzgidrometning havoning ifloslanish sabablari haqida maʼlumot beruvchi posti siyosatchi tomonidan ilova qilingan.
“Havoda zararli zarralarni Hukumat bilan bogʻlayotgan “ekspert”lar uchun yaxshi, lekin uch kunga kechikkan javob. Mutasaddilar, odamlarni chalgʻitadigan taxminlarni tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymasliklari zarur!”, — dedi u.
Qodirovning aytishicha, dunyodagi hech bir hukumat tabiatga buyruq bera olmagan va bera olmaydi.
“Dunyoda biron hukumat tabiatga buyruq berolmagan, berolmaydi ham. Oʻzbek xalqi doimo Xudodan qoʻrqib, bandasiga andisha bilan, Vataniga maskun hayotini yashagan, yashayapti va yashaydi. Qudrat tafakkur, tartib va ahilligimizda”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring