Toshkentda mintaqaviy forum oʻtkaziladi
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti shafeligi ostida 2021-yil 20-dekabr kuni Toshkentda BMT Xavfsizlik kengashining 1325-sonli (2000) rezolyutsiyasini bajarish doirasida Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda ayollarning rolini oshirishga bagʻishlangan fuqarolik jamiyati tashkilotlari mintaqaviy forumi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Tadbir Oʻzbekiston Respublika Oliy Majlisi Senati va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha Mintaqaviy markazi hamda “BMT-Ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Anjumandan koʻzlangan maqsad – milliy va mintaqaviy darajada “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» global kun tartibini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun Muloqot, fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
Ishtirokchilar sifatida Muloqot aʼzolari, mintaqa mamlakatlaridan fuqarolik jamiyati institutlari, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy doiralar vakillari taklif etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring