Toshkentda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkaziladi
Joriy yilning 9 — 11-dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida «Russkiy yazыk v otkrыtom obrazovatelnom prostranstve» nomli ilmiy-metodik konferensiyasi boʻlib oʻtadi.
Xalq taʼlimi vazirligi xabariga koʻra, ushbu xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiya Rossiya Federatsiyasi maorif va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirliklarining koʻmagida N.P. Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etiladi.
Ilmiy-uslubiy konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad — turli taʼlim muassasalarida rus tilini oʻqitish boʻyicha tajriba almashish, natijalarini baholashga optimal yondashuvlarni izlash va rus tilini oʻrgatish tizimini takomillashtirishdan iborat.
Konferensiyada ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan umumtaʼlim muassasalarining rus tili oʻqituvchilariga malaka oshirish tizimida belgilangan shaklda kreditlar taqdim etilib, ushbu sertifikatlar oʻqituvchi ish tajribasini shahar miqyosida ommalashtirilganligiga tenglashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring