Toshkentda “Damas” dahshatli tarzda YTHga uchradi

15:56 07 Iyul 2025 Jamiyat
303 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Yangihayot tumanida rul boshqaruvini yoʻqotgan “Damas” yuk mashinasining yarim tirkamasi bilan toʻqnashib ketdi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, yoʻl-transport hodisasi bugun, 7-iyul kuni soat 12:30 larda Yangihayot tumani 4P21 yoʻlining Jaloyir MFYga kirish qismida sodir boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, S.I. ismli fuqaro “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetida toʻxtab turgan “FREHAUF TF34” rusumli yuk avtomobilining yarim tirkamasiga borib urilgan.

YTH oqibatida “Damas” transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?