Toshkentda 9-sinf oʻquvchisi 9 yashar bolaga jarohat yetkazdi

Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan 293-sonli maktabning 3-sinf oʻquvchisi 290-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat Toshkent shahar MMTB tomonidan oʻrganilgan. Oʻrganish natijalariga koʻra, voqea joriy yilning 4-oktabr kuni, soat 16:30 lar oraligʻida (darsdan keyingi vaqtda) boʻlib, bolalar oʻz uyidan futbol oʻynash uchun chiqqanida roʻy bergani aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, maktabning 3-sinf oʻquvchisi 9-sinf oʻgʻil bolani haqorat qilib velosipedda qochib ketmoqchi boʻlganida 9-sinf oʻquvchisi velosipedning orqa gʻildiragiga oyogʻi bilan tepadi. Oqibatda 3-sinf oʻquvchisi yuz qismi bilan yiqilib tan jarohati oladi.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Bildirilishicha, hozirda bolaning holati yaxshi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring