Toshkentda 36 metrli gigant pissa tayyorlandi(foto)
14-dekabr kuni poytaxtimizdagi Tashkent City parkida ulkan pissa tayyorlandi. Avvaliga pazandalar ushbu pishiriq uzunligini 35 metrga yetkazishni rejalashtirishgan edi, lekin amalda bu 36 metrga yetkazildi. Uni maromiga yetkazish uchun 3 soat vaqt sarflandi, deb xabar berdi Nuz.uz.
Italyancha taomni pishirish uchun 60 kg. xamir va pishloq, qariyb 30 litr qayla sarflandi. 36 metr degani 36 ta pissani tartib bilan oʻzaro birlashtirilgan koʻrinishidir. Tanovvul qilsa boʻladigan “tasma“ ushbu turdagi taomning eng mashhur toʻrtta koʻrinishi — “Margarita“, Pepperoni, bir necha navdagi pishloq, tovuq va qoʻziqorlinlisini oʻzida mujassam etdi.
Gigant neʼmat Toshkent ahliga oʻziga xos Yangi yil sovgʻasiga aylandi. Yuzlab insonlar uni tayyorlash jarayonini kuzatib borishdi. Pissani tatib koʻrish uchun esa birinchi navbatda bayramning eng jajji mehmonlari taklif etildi.
Suratlar manbasi: nuz.uz
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring