Toshkentda 19 yoshli yigit chet el fuqarosiga nos chektirmoqchi boʻldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilib, uni haqoratlagani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Boshqarma tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida maʼlum boʻlishicha, video joriy yilning 25-yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bogʻlarining birida tasvirga olingan. Unda 19 yoshli M.K. chet el fuqarosiga nosvoy tamaki mahsulotini chekishni taklif qilgan holda uyatli soʻzlar bilan soʻkinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring