Toshkentda 19 yoshli haydovchi piyodani urib ketdi

12:58 02 Mart 2026 Jamiyat
220 0

Toshkent shahri Bektemir tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 2-mart kuni soat 08:15 larda Bektemir tumani TXAY koʻchasida haydovchi 2007-yilda tugʻilgan A.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan 2008-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida piyodaga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер