Toshkent — Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yoʻlovchilarni qabul qilish toʻxtatildi — “UzAirways”
“Uzbekistan Airways” 14-apreldan Toshkent — Jidda — Toshkent yoʻnalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yoʻlovchilarni qabul qilishni toʻxtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, bu cheklov «Haj – 2025» dasturi boshlanganligi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. 14-apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yoʻlovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega boʻlishi va 30-aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.
“Agar 30-apreldan keyin mamlakatda qolgan yoʻlovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yoʻlovchining zimmasiga yuklanadi”, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, Umra uchun foydalaniladigan muntazam reyslar Haj mavsumida bekor qilinadi va Haj dasturi boʻyicha ziyoratchilarning kelishi va joʻnab ketishi charter reyslari orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring