Toshkent viloyatida pichoq koʻtargan erkak xotinini kaltakladi

17:38 31 Iyul 2025 Jamiyat
320 0

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida qoʻlida pichoq koʻtargan erkak xotinini ayovsiz kaltakladi. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur Toʻlaganov maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki surishtiruvga koʻra, voqea bugun, 31-iyul kuni tonggi soat 05:00 larda sodir boʻlgan.

Yangiyoʻl tumanida yashovchi 27 yoshli erkak 20 yashar xotini bilan uyda oʻzaro janjallashib qolgan. Shundan soʻng ayol turmush oʻrtogʻining avtomobili shinasini oshxona pichogʻi bilan teshib tashlagan.

Erkak xotinining qoʻlidagi pichoqni olib qoʻyishga uringanida, ayol uni bermagan. Aniqlanishicha, oʻtgan vaqt davomida er-xotin mazkur holat boʻyicha ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.

“Ayni vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Qonun doirasida tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi”, deb yozadi viloyat IIBB matbuot kotibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?