Toshkent viloyatida “Kia” va “Cobalt” oʻrtasida ayanchli YTH yuz berdi

15:30 08 Avgust 2025 Jamiyat
211 0

Videodan kadr

Toshkent viloyati Chinoz tumanida “Kia” va “Cobalt” rusumli mashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 6-avgust kuni soat taxminan 08:00 larda Chinoz tumani hududidan oʻtgan M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 28-kilometrida yuz bergan. Bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan “Kia Sonet” va “Cobalt” rusumli yengil avtomobillar oʻzaro toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.

Hodisa oqibatida “Cobalt” avtoulovida boʻlgan 35 yoshli yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?