Toshkent viloyatida bogʻcha bolalarining zaharlanishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Videodan kadr
Avvalroq Toshkent viloyatining Piskent va Boʻka tumanlaridagi bir necha maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari sifatsiz sut mahsulotidan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, Quyi Chirchiq tumanidagi ayrim MTM tarbiyalanuvchilari ham sogʻligʻidagi qator shikoyatlar (tana haroratining koʻtarilishi, koʻngil aynishi va ich ketishi) bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi viloyat boshqarmasi hamda Piskent, Boʻka va Oqqoʻrgʻon tuman boʻlimlari mutaxassislari tomonidan DMT muassasalarining oshxonalari koʻzdan kechirilib, bolalar sutkalik isteʼmol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tegishli tartibda tekshirilmoqda.
“Bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bogʻliq har qanday vaziyat mutasaddi idoralarning alohida nazoratida oʻrganiladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Bildirilishicha, hozirda (25.09.2025-yil) holat yuzasidan viloyat IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariya qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ombudsman bola manfaatlari nuqtayi nazaridan holat boʻyicha oʻz kuzatuvini davom ettirishini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring