Toshkent viloyatida alkogolni reklama qilgan korxonaga chora koʻrildi
Illyustrativ foto
Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “Lutfilla fayz” MCHJ spirtli ichimliklar reklamasini joylashtirilgani uchun moliyaviy jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlarida hamda tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan reklama materiallarining reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikka mosligi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Buning natijasida, Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi “Lutfilla fayz” MCHJ tomonidan alkogol vositalari reklamasini qoʻyish holatlari aniqlandi va Maxsus komissiya tomonidan korxonaga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.
“Qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 38-moddasiga asosan, har qanday quvvatdagi alkogol mahsulotlarining reklamasiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta miqdorda yaroqsiz alkogol mahsulotlari savdosining oldi olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring