Toshkent viloyatida 9 yoshli bolani “Cobalt” urib ketdi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Parkent tumanida piyodalar oʻtish joyidan yugurib oʻtayotgan 9 yoshli bolani “Cobalt” urib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, YTH joriy yilning 18-oktyabr kuni soat taxminan 11:00larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan oʻtgan D-015 “Qiziltogʻ sh. – Parkent sh. – Yangi bozor q.” avtomobil yoʻlining 57-kilometrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Hodisada 39 yoshli X.D “Cobalt” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, piyodalar oʻtish joyidan yugurib oʻtayotgan 9 yoshli Sh.M.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Taʼkidlanishicha, hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanmoqda.
“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bola halok boʻlgani haqida tarqatilayotgan maʼlumotlar mutlaqo asossiz, haqiqatga toʻgʻri kelmaydi (feyk)”, deyiladi YHXB xabarida.
Shuningdek, ushbu YTHda ishtirokchi sifatida “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi, 33 yoshli K.X. ham qayd etilgan. Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring