Toshkent viloyatida 1 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi

17:19 10 Yanvar 2026 Jamiyat
484 0

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”

Toshkent viloyatida 1 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Oʻrta Chirchiq tumanida “O.T.M.” oilaviy korxonasiga qarashli binoda oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz taʼminoti korxonasiga 1 milliard 5 million soʻmlik zarar yetkazilgan.

Qayd etilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 1,6 milliard soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?