Toshkent tumanidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi
27-yanvardan boshlab Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara bojxona posti (“Zangiota” chegara oʻtkazish punkti) sinov rejimida ish boshladi, deya xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.
Yangi postda fuqarolar uchun qulay zallar, yengil avtomobillar va avtobuslar uchun alohida yoʻlaklar tashkil etilgan. Shuningdek, bir vaqtning oʻzida 500 dan ortiq yengil avtomobillar va 100 dan ziyod avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega avtoturargoh qurilgan. Unda xalqaro yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek, mahalliy yoʻnalishdagi jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yoʻlga qoʻyildi.
Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, tez tayyor ovqatlanish shoxobchalari, kafe va boshqa xizmatlar yoʻlga qoʻyilib, xalqaro yoʻnalishdagi transportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etilishi koʻzda tutilgan.
Taʼkidlash joiz, oʻzbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” — “Qoplonbek” avtoyoʻl oʻtkazish punkti 2022-yilning noyabrida yopilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring