“Toshkent” xalqaro aeroporti estakadasi ostidagi sobiq “Jum” kafesini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi
Koʻp yillardan buyon “Jum” nomi ostida faoliyat yuritib kelayotgan kafe egasi oʻzgardi. Yangi operator kafeni toʻliq taʼmirdan oʻtkazadi va “Terminal” deb nomlangan yangi ovqatlanish shoxobchasini ishga tushiradi.
“Bugun poytaxt aeroporti estakadasi ostidagi «Jum” nomi bilan mashhur kafeda qurilish-montaj ishlari boshlandi. E-auksion.uz platformasidagi savdolar natijalariga koʻra, “Airpit Services” kompaniyasi gʻolib deb topildi. Ijarachi konseptual jihatdan yangi dizaynni ishlab chiqdi va taqdim etdi — och ranglar, kengaytirilgan oʻrindiqlar va panorama oynali terassa, shuningdek, maxsus ovqatlanish konsepsiyasi — milliy va Evropa taomlari, fast-fud, biznes tushliklari, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar. Bu konsepsiya yoʻlovchilar uchun ham, aeroport xodimlari uchun ham qulay boʻladi. Yana shuni taʼkidlash kerakki, kafe aeroportdagi barcha savdo shoxobchalari kabi kechayu kunduz ishlaydi», — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.
Rekonstruksiya ishlari 2 oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring