Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyi test sinovlari boshqa kunga koʻchirildi

Oldin xabar berganimizdek, 2020/2021 oʻquv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlari 18-sentyabr kuni 2 smenada (1-smena 8:00dan 11:00 ga, 2-smena 16:00 dan 19:00 ga qadar) Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi sayilgohida boʻlib oʻtishi kerak edi.
Biroq, Toshkent shahrida 18-sentyabr kuni yomgʻir yogʻishi kutilayotganligi sababli, test sinovlari 20-sentyabr kuniga koʻchirildi. Test sinovlari faqat 1 smenada boʻlib oʻtadi, soat 9.00 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, abituriyentlar test sinovlariga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari kerak.
Test sinovlariga kirish faqat bir joydan (“Beruniy” metro oldidan) amalga oshiriladi.
Barcha abituriyentlarga test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtishlarida omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring