Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv seminar-treninglari oʻtkazilmoqda
Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning zamonaviy metodlardan foydalanishi va talabalarni faol hamda mustaqil izlanishga yoʻnaltirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Globallashuv jarayonlari, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda taʼlim sohasidagi raqobat kuchayib borayotgan bir paytda talabalarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarda toʻgʻri yechim topish koʻnikmalarini shakllantirish taʼlim sifatini oshirishning eng muhim sharti boʻlib qolmoqda.
Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-oʻqituvchilari, jumladan, yangi ish faoliyatini boshlagan pedagog xodimlar uchun seminar-treninglar oʻtkazilmoqda. Treninglarning uchinchi kunida taʼlim sifatini oshirish, talabalarni mustaqil taʼlimga yoʻnaltirish va ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida mustaqil taʼlimning ahamiyati, oʻquv dasturlarini zamonaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqish hamda oʻquv adabiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash boʻyicha tajribalar oʻrtoqlashildi. Shuningdek, talabalarda loyihaviy faoliyatni tashkil etishning samarali yoʻllari va muammoli vaziyatlarda yechim topishga qaratilgan innovatsion metodlar amaliy misollar asosida koʻrib chiqildi.
Seminar yakunida zamonaviy pedagogik uslublardan foydalanish, ilgʻor tajribalarni tatbiq etish va mustaqil taʼlimni rivojlantirish taʼlim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil ekani alohida taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring