Toshkent aeroportiga bagajlar uchun yangi yuk aravachalari keldi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda aravalar sifati haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, bir oy oldin “Abadiya Trade” XK oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzib barcha yuk aravachalarini olib ketgan edi. “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy aeroportlardan bir qancha yuk aravachalari Toshkentga olib kelishga, shuningdek, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur boʻlgandi.
Ayni paytda “Toshkent” aeroporti oʻz bagaj aravachalari bilan toʻliq taʼminlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat koʻrsatish aravachalari ham keltiriladi.
Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring