Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram kanali maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.
Bunda:
- qabul parametri doirasida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super) asosida oʻqish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik oʻqitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirishi lozim.
Maʼlumot uchun, amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring